SISIN ANATOLIY NIKOLAYEVICH

         Mayor Sisin Anatoliy Nikolayevich, 1918-yil 24-sentabrda Ivanovo viloyati Sokolskiy tumanida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o’rta, 1934-yilda o’rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

       1942-yil mart oyida Moskva harbiy okrugi 30-zaxira o’qchilar brigadasida oddiy askar sifatida xizmatni boshlagan. 1942-yil aprel oyidan 1943-yil may oyiga qadar G’arbiy va Janubi-g’arbiy front 50-o’qchilar diviziyasi 359-o’qchilar polkida katta kotib, ish yuritish muddiri bo’lgan. 1943-yilda Janubiy-g’arbiy frontning “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi qoshidagi kurslar tinglovchisi bo’lgan. 1945-yil may oyigacha Janubi-g’arbiy front bosh qo’mondonligi zaxirasidagi 579-alohida zenit-artilleriya polkida “SMERSH” kontrrazvedka bo’linmasi operativ xodimi lavozimida xizmat o’tagan.

            Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI