SIRSOV LEONID KIRILLOVICH
Kapitan Sirsov Leonid Kirillovich, 1923-yil 2-mayda Smolensk viloyati Monastirschenskiy tumani Denisovka qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1938-yilda o’rta maktabning 7-sinfini, 1949-yilda Toshovuz pedagogika institutini, 1956-yilda Marksizm va leninizm kechki universitetini tamomlagan.
1941-yil dekabr oyidan 1942-yil aprel oyigacha bo’lgan davrda Vasilkovskiy nomidagi harbiy aviatsiya texnika maktabining kursanti bo’lgan. O’qishni bitirgandan so’ng, Donskoy, Voronej va Stalingrad frontlari 13-alohida qiruvchi tankka qarshi artilleriya brigadasi 1180-tankka qarshi artilleriya qiruvchi polkining artilleriya masteri etib tayinlanadi. 1943-yil avgust oyidan 1944-yil fevral oyigacha Markaziy va 1-Belorussiya frontlarining 4-alohida gvardiya qiruvchi tankka qarshi brigadasi 277-gvardiya qiruvchi tankka qarshi artilleriya polkining artilleriya masteri. 1944-yil fevral oyidan 1945-yil oktabr oyigacha 1-Belorussiya fronti 4-alohida gvardiya qiruvchi tankka qarshi brigadasining 275-gvardiya qiruvchi tankka qarshi artilleriya polki
5-batareyasining artilleriya masteri bo’lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.