SIROTSKIY YEVGENIY ABRAMOVICH
Kapitan Sirotskiy Yevgeniy Abramovich, 1913-yil 2-oktabrda Ukraina SSRning Mariuopol shahrida tug’ilgan, millati yahudiy, ma’lumoti oliy, 1929-yilda maktabning 7-sinfini, 1938-yilda Leningrad politexnika institutini tamomlagan.
1941-yil iyun oyidan oktabr oyigacha bolgan davrda Leningrad harbiy okrugi 50-o’qchi korpusi IIXK maxsus bo’limida katta operativ xodim sifatida xizmat o’tagan. 1943- yilga qadar Leningrad fronti 36-o’qchi zaxira brigadasi IIXK maxsus bo’limi katta operativ xodimi. 1943-yilda Leningrad fronti 46-o’qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi boshlig’ining o’rinbosari. 1944-yil may oyidan iyul oyigacha Leningrad frontining “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi va «SMERSH» kontrrazvedka bosh boshqarmasi zaxirasida bo’lgan, shundan so’ng 1-Ukraina frontining 5-mexanizatsiyalashgan korpusi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi boshlig’ining yordamchisi etib tayinlangan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.