ШУМАН МИХАИЛ ИВАНОВИЧ

    

        Mayor Shuman Mixail Ivanovich, 1919-yil 25-oktabrda Ukraina SSRning Chernigov viloyati Siberej qishlog’ida tug’ilgan, millati ukrain, ma’lumoti oliy, 1939-yilda IIXK chegara qo’shinlari kichik qo’mondonlik shtabining bronetankchilar maktabini (Leningrad), 1959-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.

        1939-yil sentabrda IIXK qo’shinlarining 58-Gradekovskiy chegara otryadining katta mexanik-haydovchisi sifatida xizmatni boshladi. 1942-yil yanvar-may oylarida Janubiy-g’arbiy front tarkibidagi 9-armiyaning 179-piyodalar polki rota komandiri, 1942-yil oktabrgacha  Janubiy-g’arbiy frontning 62-gvardiya armiyasi 36-gvardiya diviziyasining 104-gvardiya o’qchi polkida rota komandiri bo’lgan. 1942-yil oktabrda yaralangan va 2926-sonli evakuatsiya gospitalida davolangan. Sog’aygandan so’ng Turkmaniston SSR IIXK 47-chegara otryadi zastavasiga boshliq etib tayinlangan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”,  “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI