SHUKUN NIKOLAY FEDOROVICH
Katta leytenant Shukun Nikolay Fedorovich, 1915-yil 5-mayda Stalin viloyati Enakiev shahrida tug’ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o’rta, 1957-yil o’rta maktabning 9-sinfini tamomlagan.
1938-yil martdan 1941-yil sentabrgacha Qora dengiz flotining “Frunze” minatashuvchi eskadron komandiri bo’lib xizmat qilgan. 1941-yil sentabr-noyabr oylarida 2130-sonli evakuatsiya gospitalida (Sochi) davolangan. Salomatligini tiklab, Janubiy front tarkibidagi 81-dengiz o’qchilar brigadasining minomyotchilar diviziyasiga vzvod komandiri yordamchisi etib tayinlandi. 1942-yil martdan may oyigacha, yana bir jarohatdan so’ng, evakuatsiya gospitali (Rostov)ga yotqizildi. 1944-yil yanvarigacha 4-Ukraina frontining 59-gvardiya o’qchi diviziyasining 183-gvardiya o’qchi polkining minomyotchilar vzvodi qo’mondoni bo’lib xizmat qildi. 1944-yil yanvar-aprel oylarida 3177-sonli evakuatsiya gospitali (Kislovodsk)da davolangan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.