SHUGAYEV FEDOR ILICH

    

       Podpolkovnik Shugayev Fedor Ilich, 1918-yil 25-noyabrda  Smolensk viloyatining Yelninskiy tumanida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1938-yilda Orlov viloyatining Rognedinskiy tumanidagi o’rta maktabning 10-sinfini tamomlagan, 1953-yilda – Simferopol ofitserlar uyida kechki marksizm va leninizm universitetida o’qigan.

           Bobruysk harbiy piyodalar maktabini 1941-yil iyun oyida tamomlagandan so’ng, zaxira va Kalinin fronti IIXK maxsus operativ bo’limining ofitseri lavozimiga tayinlandi. 1943-yil maydan 1944-yil oktabrgacha Kalinin va 1-Boltiqbo’yi frontlari “SMERSH” kontrazvedka bo’limining katta operativ xodimi, 1945-yil may oyigacha 1-Boltiqbo’yi frontining “SMERSH” kontrazvedka bo’limining boshlig’i bo’lib xizmat qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI