SHEVCHENKO ALEKSANDRA MATVEYEVNA

    

       Katta leytenant Shevchenko Aleksandra Matveyevna, 1911-yil 26-avgustda Oltoy o’lkasining Zmeinogorod tumani Kolivan qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o’rta, qishloq maktabning 3-sinfini tamomlagan.

     1939-yil fevral oyidan 1941-yil iyul oyiga qadar O’rta Osiyo harbiy okruginining IIXK maxsus bo’limida mashinistka, katta mashinistka, ish yurituvchi lavozimida xizmat qilgan. 1943-yil may oyiga qadar – Bryansk frontining 21-tog’-otliq diviziyasi va 8-otliq korpusi IIXK maxsus bo’limida kotiba-shifrlovchi, ish yurituvchi- mashinistka. 1943-yil may oyidan 1944-yil avgust oyiga qadar – Bryansk, Markaziy va Stepnoy fronlarining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limida ish yurituvchi-mashinistka, 1945-yil may oyigacha 1 va 2-Belorus frontlarining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limida ish yurituvchi-mashinistka bo’lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI