SHAXOV NIKOLAY GRIGOREVICH

    

        Mayor Shaxov Nikolay Grigorevich, 1918-yil 22-mayda Molotov viloyati Lisva shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1938-yilda Lisva mexanika-metallurgiya texnikumini tamomlagan.

         1941-il iyul oyidan 1942-yil mart oyiga qadar Smolensk piyoda askarlar bilim yurti, so’ng Tambov  harbiy-piyoda askarlar bilim yurti kursanti bo’lgan. O’quv yurtini tamomlagach Toshkent pulemyot-minomyot bilim yurtining vzvod komandiri etib tayinlangan. 1944-yilning sentabr oyidan 1945-yilning fevral oyiga qadar – Toshkent o’qchi-minomyotchilar bilim yurtida kursantlar rotasi komandiri, taktika o’qituvchisi, 1945-yil may oyiga qadar 2-Ukraina frontining 81-gvardiya diviziyasi 233-polki 1-o’qchi batalyon komandiri o’rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI