SHASHKOV GRIGORIY ILICH

    

        Katta serjant Shashkov Grigoriy Ilich, 1918-yilda Stalingrad viloyatining Aqto’be tumani Zaplavniy qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, 1934-yilda Stalingrad shahridagi o’rta maktabning 6-sinfini tamomlagan.

       Xizmatni 1938-yil noyabr oyida Mongoliya Xalq Respublikasi Lundator shahridagi 375-motorlashtirilgan polkda Qizil armiya askari sifatida boshlagan. 1941-yil iyun oyidan 1943-yil yanvar oyiga qadar – Shimolin-g‘’arbiy frontning 145-alohida o’qchi diviziyasi 128-rotada qizil askari, 1943-yil yanvar oyida janglar yarador bo’lgan va evakuatsiya gospitalida davolanishda bo’lgan. 1943-yil may oyidan 1944-yil iyun oyiga qadar uzoq muddatli ta’tilga chiqqan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI