SHARIPOV NO`MON SADULLAYEVICH
leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (29.06.1945)
1925-yil 4-aprelda Buxoro shahrida ishchilar oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. 1940-yilda 7-sinfni tugatgan. Soatsozning shogirdi bo‘lgan, shahar sanoat majmuasida ishlagan.
Ikkinchi jahon urushi boshlanishida 3 marta harbiy omissarligiga uni frontga yuborish iltimosi bilan kelgan, ammo yoshi yetmaganligi sabab rad etilgan.
1943-yil martda Buxoro shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
Zaxira polkida kichik komandirlar maktabini tugatgan, 1944-yil yanvardan boshlab frontda. Leningrad frontida Pulkovo ostonasi birinchi bor jangga kiradi.
2-fevral kuni og‘ir yaralangan, davolanishdan keyin 90-o‘qchi diviziyasi 173- o‘qchi polkiga yuborilgan va pulemyot hisobi komandiri etib tayinlangan.
Shu qism tarkibida urush tugaguncha jang qilgan. 1944-yil yozida Leningrad frontining Vyborg hujum operatsiyasida ishtirok etadi. 1944-yil 14-iyun kuni Kannaksen qishlog‘i (Rivola qishlog‘ining shimoli-g‘arbida, hozirgi Leningrad viloyati Roshchino qishlog‘i) hududida Fin qo‘shinlarining ikkinchi mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishda serjant Sharipov birinchi bo‘lib hujumga o‘tadi.
Qo‘lbola yasalgan vositalardan foydalanib Rayvolan-yoki daryosida kechib o‘tadi, simli va mina to‘siqlaridan o‘tib, dushman transheyasiga yorib kirib, 2 ta qo‘l pulemyotini va 10 ga yaqin dushman askarlarini yo‘q qiladi.
1944-yil 20-iyundagi 90-o‘qchilar diviziyasining buyrug‘iga bilan serjant Sharipov No‘mon Sadullaevich (buyruq bo‘yicha Sadilayevich) III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil kuzida, diviziya Estoniyani ozod qilish, Tartu hujum operatsiyasiyalarida qatnashadi. Keyin 2-Belorusiya frontiga o‘tkazilib, zaxiraga olinadi. 1945-yil yanvar oyida 2-zarbdor armiyasi tarkibida Mlav-Elbing operatsiyasida ishtirok etadi.
Shu janglarda serjant Sharipov nafaqat pulemyot hisobi komandiri, balki rota komandiri ham bo‘lgan. 1945-yil 15-yanvarda Payevo-Shvilitsa (Polsha, Cixanow shahridan janubi-sharqda) yaqinidagi jangda serjant Sharipov pulemyotdan o‘q ochib dushmanning o‘rnatma pulemyotini va 15 tagacha nemis askarlarini yakson qiladi. 16-yanvar kuni Konazhevo-Skuzhe qishlog‘i uchun jangda 2 ta dushmanning o‘rnatma pulemyotini va 20 tagacha nemis askarlarini yo‘q qiladi.
2-zarbdor armiya qo‘shinlarining 1945-yil 7-fevraldagi buyrug‘i bilan serjant Sharipov Numan Sadullaevich (buyruq bilan Satilovich) II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 16-fevralda mustahkam istehkomga aylantirilgan Gross-Zibsau (Polsha Grudziadz shahridan shimoli-g‘arbdan 8 km uzoqlikda) aholi yashsh punkti yaqinida serjant Sharipov o‘rnatma pulemyotdan foydalanib, oldinga harakatlanayotgan bo‘lnmani qo‘llab-quvvatlab, dushman og‘ir pulemyot hisobini yo‘q qiladi. 17-fevralda dushmanning qarshi hujumini qaytarishda, 15 dan ortiq fashistlarni qirib tashlaydi va uchta pulemyotchini yo‘q qiladi.
I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlash uchun taqdim etilgan. Keyinchalik, polk tarkibida Dansig shahrini ozod qilishda qatnashgan va Ryugen orolida urushni tugatgan. Urush yillarida 3 marotaba jarohat va 2 marta kantuziya olgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 29-iyundagi Farmoni bilan serjant Sharipov Numan Sadullaevich (buyruqda – Naum) I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil oktabrda zahiraga bo‘shatilgan. O‘z shahriga qaytib kelgan. 1974-yilda Buxoro kooperativ texnikumini tamomlagan. Go‘sht fabrikasida ishlagan. 1986-yil 23-martda vafot etgan.