SHANIYAZOV KARIM
Katta leytenant Shaniyazov Karim, 1924-yil 15-avgustda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Qarliq qishlog’ida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti tugallanmagan oliy, 1947-yilda Toshkent pedagogika institutining 2-kursini tamomlagan.
1941-yilning avgust oyida Janubiy-g’arbiy frontning 1244-o’qchilar polkida oddiy askar sifatida xizmatni boshlagan. 1942-yilning avgust oyidan 1943-yilning oktabr oyiga qadar Xarkov piyoda askarlar bilim yurti kursanti. Bilim yurtini tamomlagach Volxov frontininig 174-o’qchi polki razvedka rotasi vzvod komandiri etib tayinlangan. 1944-yil yanvardan 1945-yil aprelga qadar Leningrad va 2-Ukraina frontlari 3-tank korpusi 2-motoo’qchi brigadasi vzvod komandiri lavozimida xizmat qilgan. Yaralanganligi sababli 1945-yil aprel-noyabr oylarida 2594-sonli evakuatsiya gospitalida davolanishda bo’lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Ulug’Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 va 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 va 60 yil» medallari bilan taqdirlangan.