SHANIN VASILIY NIKIFOROVICH

    

       Kichik leytenant Shanin Vasiliy Nikiforovich, 1921-yil 12-fevralda Qozog’iston SSRning Oqmola viloyati Makinskiy tumani Otradnoe qishlog’ida tug’ilgan, rus, o’rta ma’lumotli, 1940-yilda pedagogika maktabining 3-kursini tamomlagan.

         1941-yil sentabr oyida Moskva harbiy okrugi Vladimir shahridagi zirhli polkda kursant bo’lib xizmat qilgan. 1942-yil yanvaridan martigacha Ural harbiy okrugining 7-o’quv tank brigadasi kursanti edi. 1942-yil sentabrgacha Bryansk frontining 50-tank brigadasining radio operatori bo’lgan. 1942-yil sentabrdan 1944-yil avgustgacha Ural harbiy okrugining 7-o’quv tank brigadasining radio operatori. 1944-yil avgustda Ural harbiy okrugining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining talabasi bo’lgan. 1945-yil apreldan 1946-yil fevralgacha 1-Ukraina frontining 22-gvardiya mototeka otryadlari brigadasining operativ ofitseri bo’lib xizmat qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun” va “Pragani ozod qilganligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI