SEREBRYAKOV PETR KONSTANTINOVICH

    

     Kapitan Serebryakov Petr Konstantinovich, 1922-yil 1-iyunda Ulyanovsk viloyati Tagay tumani Tagay qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan oliy, 1942-yil may oyida Novosibirsk harbiy temir yo’l muhandislari institutining 2-bosqichini tamomlagan.

      1942-yil avgust oyida Sibir harbiy okrugi Asinskiy harbiy-piyoda askarlar bilim yurti kursanti bo’lgan vaqtida Markaziy, Kalinin va 2-Boltiqbo’yi frontlari 65-gvardiya o’qchilar diviziyasiga oddiy askar sifatida yuboriladi. 1944-yil iyul oyida “SMERSH” kontrrazvedka Bosh boshqarmasining Novosibirsk maktabiga kursant sifatida o’qishga qabul kilinadi. 1945-yil aprel oyida maktabni tamomlagach, Janubiy qo’shinlar guruhining 839-avtomobil batalonidagi ishlar bo’yicha 37-armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi ob’ektlar bo’yicha operativ vakili lavozimiga tayinlanadi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchuni”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI