SEMIN NIKOLAY IVANOVICH  

   

        Kichik leytenant Semin Nikolay Ivanovich, 1913-yil 27-dekabrda Bryansk viloyati Bejets shahrida tug’ilgan, millati rus, malumoti o’rta, 1934-yilda Bejets mashinasozlik texnikumini tugatgan.

       1941-yil iyun-oktabr oylarida Markaziy front tarkibidagi 50-armiyaning 258-o’qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo’limi operativ vakili yordamchisi lavozimida  xizmat qilgan. 1941-yil oktabr oyidan dekabr oyiga qadar Kemerovo kasalxonasida davolangan. Sog’lig’i qayta tiklangandan so’ng, Voronej, 1 va 2-Ukraina frontlari
40-armiyasining 232-o’qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limiga operativ vakil sifatida yuborilgan. 1945-yil oktabr oyigacha 2-Ukraina fronti 5-Havo armiyasining 218-bombardimonchi aviatsiya diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ vakili lavozimida xizmatni o’taydi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” va “II darajali Vatan urushi” ordenlari bilan mukofotlangan.

 

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI