SELIVANOV PETR SEMENOVICH
Polkovnik Selivanov Petr Semenovich, 1903-yil 29-sentabrda Molotov viloyati Cherdinskiy tumani Kondratevo qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1953-yilda o’rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.
1941-yilda Baykalorti harbiy okrugi IIXK maxsus bo’limi boshlig’i lavozimini vaqtincha bajaruvchi sifatida xizmat o’tagan. 1942-yil sentabr oyiga qadar Baykalorti harbiy okrugi 210-o’qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo’limi boshlig’i, 1942-yil sentabr oyidan 1943-yil mart oyigacha 41-zaxira o’qchilar brigadasi IIXK maxsus bo’lim boshlig’i o’rinbosari, 1943-yilda Baykalorti harbiy okrugi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi 2-bo’lim boshlig’i o’rinbosari, 1945-yil iyul oyiga qadar Baykalorti harbiy okrugi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi kadrlar bo’limi boshlig’i o’rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. 1945-yil avgust-sentabr oylarida Yaponiya bilan bo’lgan urushda ishtirok etgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “Qutb Yulduzi”, “I va II darajali Vatan urushi”, “Lenin” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Mongoliya Xalq Respublikasiga 25 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.