SAVRANSKIY MIXAIL YAKOVLEVICH
Katta leytenant Savranskiy Mixail Yakovlevich, 1922-yilda Ukraina SSRning Kiev viloyatidagi Smela shahrida tug‘ilgan, millati yahudiy, ma’lumoti o‘rta, o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.
1941-yilning oktabr oyidan 1942-yilning aprel oyigacha bo‘lgan davrda Janubiy front tarkibidagi 347-o‘qchilar diviziyasining 56-o‘qchilar polkida starshina bo‘lgan. 1942-yil iyul oyida Jitomir harbiy piyoda askarlar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng Stalingrad fronti tarkibidagi 36-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 108-o‘qchilar polkiga rota starshinasi etib tayinlanadi. 1943-yil yanvar-iyun oylarida 4560-sonli evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘lgan. 1945-yil yanvar oyiga qadar Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 2-gvardiya armiyasi 483-armiya minomyotchilari polkida rota starshinasi, 1945-yilning yanvar-dekabr oylarida 3-Belorus fronti tarkibidagi 3-o‘qchilar diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi operativ xodimi lavozimlarida xizmat qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.