SALIYEV ISRAILDJAN

    

     

        Podpolkovnik Saliyev Israildjan, 1924-yil 3-iyulda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1942-yilda 13-o‘rta maktabni, 1961-yilda DXQ Oliy maktabini tamomlagan.

           1942-yil sentabr oyidan 1943-yil yanvar oyiga qadar IIXK ichki qo‘shinlari 18-o‘qchilar brigadasining 291-o‘quv polkida o‘qchi sifatida xizmat o‘tagan. 1945-yilning yanvarigacha – IIXK ichki qo‘shinlarining 281-alohida o‘qchilar polkida o‘qchi, bo‘linma komandiri. 1945-yil yanvar oyidan may oyiga qadar IIXK ichki qo‘shinlarining 128-o‘qchilar polki 8-o‘qchi rota 1-o‘qchilar vzvodi 3-bo‘linma komandiri bo‘lgan. 

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajadagi benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI