SAIDOV INAM ABDUKARIMOVICH

    

     

       Mayor Saidov Inam Abdukarimovich, 1916-yil 1-dekabrda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1941-yilda Toshkent pedagogika institutini tamomlagan.

        1941-yilning sentabr oyidan 1942-yilning dekabr oyigacha bo‘lgan davrda Volxov fronti tarkibidagi 310-o‘qchilar diviziyasining 1080-o‘qchilar polkida ot-arava (oboz) va kiyim-kechak ta’minoti boshlig‘i, 1942-yilning dekabr oyidan
1943-yilning mart oyigacha 2-sonli evakuatsiya gospitali (Ribin sh.)da davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng Volxov fronti tarkibidagi 8-armiya 29-gvardiya minomyotchilari polkida intendantlik xizmati boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi. 1943-yilning avgust-noyabr oylarida 603-sonli dala gospitali (Leningrad viloyati)da davolanishda bo‘lgan.

        1944-yilning mart oyigacha Volxov fronti tarkibidagi 372-o‘qchilar diviziyasining 1236-o‘qchilar polkida ot-arava (oboz) va kiyim-kechak ta’minoti boshlig‘i, 1944-yilning mart-aprel oylarida 2010-sonli evakuatsiya gospitali (Leningrad shahri)ga yana davolanish uchun joylashtiriladi. 1944-yilning aprel oyidan 1945-yilning mart oyigacha Leningrad fronti tarkibidagi 43-alohida zenit-artilleriya brigadasi va 37-alohida zenit-artilleriya divizionining ot-arava (oboz) va kiyim-kechak ta’minoti boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI