SAGITDINOV VLADIMIR GRIGOREVICH
Polkovnik Sagitdinov Vladimir Grigorevich, 1924-yil 3-mayda G‘arbiy-Kozog‘iston viloyatining Uralsk shahrida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti oliy, 1939-yilda 12-sonli o‘rta maktabning 7-sinfini, 1958-yilda Qozog‘iston davlat universitetini tamomlagan.
1942-yilning avgust oyidan 1943-yilning iyun oyiga qadar Leningrad harbiy aloqa bilim yurti kursanti bo‘lgan. O‘quv muassasasini tamomlagandan so‘ng Moskva harbiy okrugiga qarashli 15-gvardiya havo-desanti brigadasiga bo‘linma komandiri etib tayinlanadi. 1945-yilning yanvar oyidan 1946-yilning yanvar oyiga qadar 2- va 3-Ukraina frontlari tarkibidagi 105-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 331-gvardiya o‘qchilar polkida o‘rta quvvatli radiostansiya boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi”, “Shon-sharaf belgisi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “Ulug‘ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabga 20, 30 va 40 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 va 60 yil”, “Qurolli Kuchlar faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.