RUZIYEV ABDULLA

          Mayor Ruziyev Abdulla, 1923-yil 25-oktabrda Andijon viloyatining Lenin tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda Andijon viloyatining Lenin tumanidagi 26-sonli o‘rta maktabning 7-sinfini, 1949-yilda Toshkent shahridagi siyosiy-ma’rifiy maktabni tamomlagan.

            1943-yil may oyidan dekabr oyigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyo harbiy okrugi radiotelegrafistlarni tayyorlash kurslarida (Toshkent sh.) tahsil olgan. 1943-yilning dekabr oyidan 1944-yilning mart oyigacha 60-alohida zaxiradagi aloqa polkining oddiy askari, 1945-yil mart oyiga qadar 1-Belorus fronti tarkibidagi 47-armiyaning 76-diviziyasi 207-o‘qchilar polkining radiotelegrafisti sifatida xizmatni o‘tagan. Yaralanganligi sababli 1945-yilning mart oyidan oktabr oyigacha 5532-sonli evakuatsiya gospitalida (Vittenberg, Germaniya sh.) davolanishda bo‘lgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil”, “Qurolli Kuchlar faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLAR FAXRIYSI” MEDALI