RUBINSKIY SHIK FROIMOVICH

        Leytenant Rubinskiy Shik Froimovich, 1912-yilda Ukraina SSRning Vinnitsa viloyatida tug‘ilgan, millati yahudiy, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan. 

         Xizmatni 1931-yilning noyabr oyida 37-kavaleriya polkining (Minsk sh.) kursanti sifatida boshlagan. 1933-yilning noyabr oyidan 1935-yilga qadar Belorussiya SSRning Rechitsa shahar IIXK tuman bo‘linmasining fel’degeri, operativ xodim yordamchisi lavozimlarida xizmat qilgan. 1935-1936 yillarda Toshkent o‘lkalararo IIXK maktabining kursanti bo‘lgan. 1941-yilning iyun oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugining IIXK maxsus bo‘limining operativ xodim yordamchisi, operativ xodim, bo‘linma boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi. 1941-yilning iyun oyidan oktabr oyiga qadar Janubiy-G‘arbiy front tarkibidagi havo hujumiga qarshi mudofaa 3-diviziya IIXK maxsus bo‘limning boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.

             1941-yil 22-sentabrda urushda bedarak yo‘qolgan.