RIBKIN DMITRIY PAVLOVICH

        Starshina Ribkin Dmitriy Pavlovich, 1914-yil 12-fevralda Stalingrad viloyatining Novo-Nikolayevskiy tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1927-yilda Uryupinsk shahridagi boshlang‘ich maktabning 4-sinfini tamomlagan.

        1936-yil noyabrda Vinnitsa viloyatining Mogilev shahridagi IIXK 24-chegara otryadi haydovchisi sifatida xizmatni boshlagan. 1939-yilning noyabr oyidan boshlab Stanislav viloyati IIXK haydovchisi, 1941-yil may oyidan 1945-yilning sentabr oyigacha bo‘lgan davrda Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 38-armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi, 2-Ukraina fronti tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi va 4-gvardiya armiyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limlarida haydovchilik qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI