REMOVSKIY BORIS KSENOFONTOVICH

     Podpolkovnik Removskiy Boris Ksenofontovich, 1914-yil 15-mayda Moldava SSRning Kotov shahrida tug‘ilgan, millati polyak, ma’lumoti o‘rta, 1935-yilda aloqa elektrotexnika texnikumini (Odessa sh.) tamomlagan.

         Xizmat faoliyatini 1941-yilning iyul oyida Uzoq Sharq fronti tarkibidagi 25-armiyaning 818-alohida aloqa telefon-ekspluatatsiya rotasida aloqa liniyasi nazorat-sinov punktining texnigi lavozimida boshlaydi.

      1943-yilning may oyidan 1944-yilning avgust oyigacha Kalinin va Boltiqbo‘yi frontlari tarkibidagi 818-alohida aloqa telegraf-ekspluatatsiya rotasi aloqa liniyasi nazorat-sinov punktining texnigi, 1945- yilning may oyiga qadar 1-Boltiqbo‘yi va
3-Belorussiya frontlari tarkibidagi IIV hukumat aloqasi bo‘limi “HQ” stansiyasining texnigi lavozimlarida xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “ I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI