REBROV NIKITA FILIPPOVICH

     

         Katta leytenant Rebrov Nikita Filippovich, 1905-yil 5-aprelda Orlov viloyatining Boloxov tumanidagi Gustovar qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, qishloq maktabining 7-sinfini tamomlagan.

      1933-yilning sentabr oyida O‘rta Osiyo BDSBning Voroshilov tuman apparatiga operativ xodim yordamchisi lavozimiga tayinlanadi. 1934-yilning may-sentabr oylari davomida O‘rta Osiyo BBSB tasarrufidagi operativ tarkibni qayta tayyorlash kurslarida tahsil oladi. 1939-yilning mart oyiga qadar O‘zbekiston SSR IIXK Farg‘ona viloyat boshqarmasi va Kaganovichev tuman bo‘limlarida operativ xodim yordamchisi, operativ xodim lavozimlarida xizmat qilgan. 1941-yilning avgust oyidan 1943-yilning fevral oyigacha Voronej fronti IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi sifatida faoliyat olib borgan. 1943-yil 23-fevralda Xarkov viloyatining Boxoduxov tumani hududida dushmanning aviatsiya hujumi oqibatida halok bo‘lgan.