RAZGON MAKSIM IVANOVICH
Podpolkovnik Razgon Maksim Ivanovich, 1924-yil 21-mayda Oltoy o‘lkasining Klyuchev tumani Novo-Poltava qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1942-yilda Chordjo‘y tibbiyot texnikumini, 1951-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.
1942-yilning avgust oyidan 1943-yilning fevral oyigacha bo‘lgan davrda Moskva harbiy okrugi 2-gvardiya o‘quv minomyotchilari brigadasida katta harbiy feldsher sifatida xizmat qiladi. 1943-yilning fevral oyidan 1944-yilning sentabr oyigacha Bryansk, Voronej va 1-Ukraina frontlari tarkibidagi 3-gvardiya minomyotchilari diviziyasining artilleriya parkining katta harbiy feldsheri, 1945-yilning may oyigacha 1-Ukraina fronti tarkibidagi 18-gvardiya minomyotchilar brigadasining 580-divizionida katta harbiy feldsher lavozimlarida xizmat faoliyatini olib borgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.