RAVSHANOV BAXRAM
gvardiya katta serjanti, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (29.06.1945)
1922-yil 15-sentabrda Bakchakalon qishlog‘ida, hozirgi Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida, dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. 8-sinfni tugatgan. Sovxozda ishlagan.
1940-yil noyabrda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Piyodada xizmat qilgan, harbiy tayyorgarlikdan a’lochi bo‘lganligi sababli Xarkov harbiy piyoda bilim yurtiga o‘qishga yuborilgan. Kursantlik davrida urush boshlangan. 1941-yil iyun oyida bilim yurti bilan birga sharqqa Namangan shahriga evakuatsiya qilinadi. Dastlabki kunlardan boshlab, ko‘plab kursantlar singari, frontga ketishga harakat qiladi. Faqat 1942-yilning yozida, marsh rotasi bilan, o‘qishni tugatmasdan, frontga ketadi.
1942-yil avgustdan frontda. Piyoda qo‘shinlarida Volxov, Leningrad va 2-Belorusiya frontlarida jang qilgan. 3 marta yaralangan. 1944-yil boshida serjant Ravshanov 46-o‘qchi diviziyasi 340-o‘qchi polkida o‘qchi bo‘lgan.
1944-yil 2-3-fevralda Log aholi yashash punkti (Leningrad viloyati) uchun jangda dushman joylashgan uyga bostirib kirib, 9 ta fashistni yo‘q qiladi.
1944-yil 19-fevraldagi buyruq bilan serjant Bahram Ravshanov III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
1944-yil 18-sentabrda Voldi (Estoniya) qishlog‘i yaqinidagi jangda, bo‘linmasi bilan, dushmaning vzvodga teng askarlarini yo‘q qiladi va 3 kishini asir oladi.
1944-yil 2-oktabrdagi buyruq bilan serjant Bahram Ravshanov II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 20-fevralda razvedka olib borib, Lesnyan qishlog‘i yaqinida (Polshaning Skurz shahridan janubi-sharqda) dushmanning qo‘shinlarini anqlaydi. 21-fevral kuni Lesnyan qishlog‘ini egallab olishda, tanklar bilan harakatlanib, ularga o‘t ochish nuqtalarini ko‘rsatib beradi. Diviziya shtabiga ma’lumotnoma yetkazishda 3 ta fashistni yo‘q qiladi va 1 tasini asir oladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 29-iyundagi Farmoni bilan “Nemis-fashit bosqinchilariga qarshi janglarda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan maxorati va jasorati uchun”, katta serjant Bahram Ravshanov I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
1945-yilda zahiraga bo‘shatilgan. Navoiy shahrida yashagan. «Yugprommontaj» trestida chilangar bo‘lib ishlagan.
1988-yil 31-yanvarda vafot etgan.