PRYANIKOV IVAN TIMOFEYEVICH
Mayor Pryanikov Ivan Timofeyevich, 1918-yil 24-aprelda Ulyanov viloyatining Radishev tumanidagi Vyazovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1960-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
1941-yilning may oyida Podolsk artilleriya bilim yurtini tamomlagandan keyin Shimoliy-G‘arbiy front tarkibidagi 801-tankka qarshi o‘qchilar polkning vzvod komandiri etib tayinlangan. 1941-yilning avgust oyidan 1942-yilning yanvar oyigacha Shimoliy-G‘arbiy front tarkibidagi 698-artilleriya polkining batareya komandiri bo‘lgan. 1942-yilda Kalinin fronti tarkibidagi 17-gvardiya polkining 221-alohida gvardiya minomyotchilari diviziyasida batareya komandiri, keyinchalik Voronej va Janubiy-G‘arbiy frontlar tarkibidagi 507-alohida gvardiya minomyotchilari divizionining komandiri lvozimlarida xizmat qiladi. 1945-yilning may oyigacha Bryansk va 1-Ukraina frontlari tarkibidagi 15-gvardiya minomyotchilari brigadasining 2-divizion komandiri sifatida xizmat faoliyatini olib borgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.