PRIVALOV LAZAR ANDREYEVICH
Polkovnik Privalov Lazar Andreyevich, 1907-yil 14-oktyabrda Kostroma viloyatining Buyskiy tumanidagi Demyanovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy Irkutsk shahridagi huquq institutini tamomlagan.
1940-yildan 1941-yilgacha IIXK Irkutsk viloyat boshqarmasi boshlig‘i yordamchisi lavozimida xizmatni boshlaydi. 1941-yilda IIXK Irkutsk viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 1941-yilning avgust oyidan 1942-yilning dekabr oyigacha Sharqiy Sibir temir yo‘li transport bo‘limi boshlig‘i, 1944-yilning iyun oyigacha fuqaro havo flotining 1-aviatransport diviziyasi, keyinchalik uzoqqa uchish aviatsiyasining IIXK maxsus bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi. 1944-yilning iyun oyidan 1946-yilning may oyigacha xizmatni alohida gvardiya havo armiyasi va havo-desant qo‘shinlari “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘I o‘rinbosari sifatida o‘tagan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.