POS IVAN PETROVICH

        Mayor Pos Ivan Petrovich, 1912-yil 20-yanvarda Sumsk viloyatining Sinev tumanidagi Podstavka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o‘rta, 1927-yilda maktabning 7-sinfini, 1930-yilda Poltava viloyatining Gadyach shahridagi pedagogika texnikumini tamomlagan.

         Xizmatni 1941-yilning dekabr oyida Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 32-kavaleriya diviziyasining 121-kavaleriya polkida IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi sifatida boshlagan. 1942-yilning noyabr oyigacha Janubiy-G‘arbiy front tarkibidagi 25-temir yo‘l brigadasi IIXK 3-bo‘limining operativ xodimi, 1942-yilning noyabr oyidan 1944-yilning iyun oyigacha DXXKning Leningrad bilim yurtiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha katta operativ xodimi, 1945-yilning may oyiga qadar 4-Ukraina fronti tarkibidagi DXXK 426-sonli ko‘prik qurilishida operativ xodim sifatida xizmatni o‘tagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI