POLYANICHKO MIXAIL MIXAYLOVICH
Polkovnik Polyanichko Mixail Mixaylovich, 1906-yilda Kiev viloyatining Smelyansk tumanidagi Smela shahrida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1922-yilda o‘rta maktabni tamomlagan.
1941-yilning may-avgust oylarida DXXK Krasnoyarsk o‘lka boshqarmasining 1-bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan. 1941-yilning sentabr oyida Volxov fronti tarkibidagi 65-o‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, 1942-yilning yanvar-mart oylarida Volxov fronti tarkibidagi 4-armiyaning IIXK maxsus bo‘limi 4-bo‘linma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-yilning mart oyida Volxov fronti tarkibdagi 288-o‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limiga bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. 1943-yilning iyul oyidan 1945-yilning may oyigacha Volxov, Leningrad, 1, 2 va 3-Boltiqbo‘yi frontlari tarkibidagi 378-o‘qchilar diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i sifatida xizmat faoliyatini olib borgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.