POLYAKOVA (VAYNTRAUB) KLARA YAKOVLEVNA

       Kichik leytenant Polyakova (Vayntraub) Klara Yakovlevna, 1920-yil 14-aprelda Ukraina SSRning Odessa shahrida tug‘ilgan, millati yahudiy, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1935-yilda Odessa shahridagi 87-sonli o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        1940-yilning iyun oyidan 1941-yilning avgust oyigacha bo‘lgan davrda Kiev harbiy okrugi va Janubiy-G‘arbiy front tarkibidagi 6-o‘qchilar korpusi maxsus bo‘limida ish yurituvchi-mashinist sifatida xizmatni o‘tagan. 1942-yilning avgust oyiga qadar IIXK Qozog‘iston SSRning Petropavlovsk viloyati boshqarmasining maxsus surgun va axloq tuzatish-mehnat koloniyasida nozir, nozirlik senzori (nazorat qiluvchisi) lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-yilning dekabr oyidan 1945-yilning mart oyigacha O‘zbekiston SSR IIXK operativ bo‘limining mehnat surguni bo‘linmasida kotiba-mashinist, 1945-yilning mart oyidan O‘zbekiston SSR IIXK bosqinchilikka qarshi kurashish bo‘limi operativ xodimi yordamchisi bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 40 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 40 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI