POLOSIN BORIS VASILYEVICH
Katta leytenant Polosin Boris Vasilyevich, 1925-yil 18-fevralda Bryansk viloyatining Bryansk shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1942-yilda Toshkent viloyatidagi o‘rta maktabni, 1947-yilda Uzoq Sharq artilleriya bilim yurtini tamomlagan.
1943-yilning yanvar oyidan aprel oyigacha bo‘lgan davrda Uzoq Sharq fronti tarkibidagi 156-zaxira o‘qchilar polkida qizil armiya askari sifatida xizmat qilgan. 1943-yilning iyun oyida 1-Vladivostok piyoda askarlar bilim yurtini tamomlagan, so‘ng Uzoq Sharq fronti tarkibidagi 1127-to‘p-artilleriya polkiga jo‘natilgan.
1944-yilning yanvar oyidan 1945-yilning mart oyigacha Uzoq Sharq fronti tarkibidagi artilleriya-aslahalar razvedkasi maktabining kursanti, 1945-yilning dekabr oyigacha Uzoq Sharq fronti tarkibidagi 807-alohida artilleriya divizionida bo‘linma komandiri lavozimlarida xizmat qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Koreyani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.