PLAXOV VASILIY IVANOVICH
Mayor Plaxov Vasiliy Ivanovich, 1914-yil 3-avgustda Ukraina SSRning Nijne-Dneprovsk tumani Sultanovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1929-yilda o‘rta maktabning 7-sinfini, 1933-yilda Dnepropetrovsk shahridagi ishchilar fakultetini tamomlagan.
1940-yilning oktabr oyida Kiev piyoda askarlar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng Kiev maxsus harbiy okrugi 60-o‘qchilar diviziyasining 358-o‘qchilar polkining vzvod komandiri etib tayinlanadi. 1941-yilda Kiev maxsus harbiy okrugi 13-temir yo‘l brigadasi 3-bo‘linmaning operativ xodimi lavozimida xizmat qiladi.
1941-yilning iyul oyidan 1946-yilning yanvar oyigacha Janubiy-G‘arbiy, Step, Stalingrad, Don, 3-Ukraina, 2-Boltiqbo‘yi va Leningrad frontlari tarkibidagi 13-temir yo‘l brigadasi, DXXQ 3-bo‘limi 3-bo‘linmasining operativ xodimi lavozimlarida faoliyat olib boradi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.