PITOVRANOV YEVGENIY PETROVICH

        General-leytenant Pitovranov Yevgeniy Petrovich, 1915-yilda Saratov viloyatining Knyazevka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan oliy, Moskva temir yo‘l transporti muhandislari institutining 4-kursini tamomlagan.

       Davlat xavfsizligi organlarida 1938-yildan xizmatni boshlagan. 1945-yilgacha IIXKning Gorkiy, Kirov va Kuybishev boshqarmalari operativ xodimi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. 1945-yilning fevral-mart oylarida O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizligi xalq komissari, 1945-yilning mart oyidan 1946-yilning may oyigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizligi vaziri (ministri) bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I darajali Vatan urushi”, “Shon-sharaf belgisi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“SHON-SHARAF BELGISI” ORDENI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI