PETRUXIN GEORGIY VASILYEVICH
Podpolkovnik Petruxin Georgiy Vasilyevich, 1914-yil 15-oktabrda Orlov viloyatining Bolxov tumani Bulgakovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1934-yilda Orlov viloyatining Bolxov shahridagi ko‘nchilik texnikumini tamomlagan.
1940-yilning mart oyida 1103-sonli evakuatsiya gospitalining katta kotibi bo‘lgan vaqtida IIXK razvedka organlariga qabul qilinishini so‘rab o‘z ixtiyori bilan bildirgi yozgan. 1941-yilning sentabr oyidan Shimoliy-G‘arbiy, G‘arbiy va Kalinin frontlari tarkibidagi 256-o‘qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo‘lim operativ xodim sifatida xizmat qilgan. 1943-yil mayda Kalinin va 1-Boltiqbo‘yi frontlari tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi 2-bo‘limi katta operativ xodimi lavozimiga tayinlanadi. 1944-yil yanvardan boshlab Chexoslovakiya va Polsha hududlarida fashistlarning ichida faoliyat olib borgan “SMERSH” kontrrazvedka bosh boshqarmasining operativ guruh komandiri sifatida xizmat qiladi. 1945-yilning aprel-may oylarida 4-Ukraina fronti tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi zaxirasida katta operativ xodim bo‘lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil bayroq”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali Vatan urushi partizani” medallari hamda Polsha Respublikasining “Birdamlik va mustaqillik uchun” mukofoti bilan taqdirlangan.