PETROV PETR SEMENOVICH
Mayor Petrov Petr Semenovich, 1902-yil 20-oktabrda Moskva shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1913-yilda Toshkent viloyatining Pskent tumanidagi maktabning 2-sinfini, 1922-yilda O‘rta Osiyo universitetini tamomlagan.
1936-yilning sentabr oyidan 1941-yilning iyul oyigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston SSR IIXK maxsus bo‘limi tergov qismi operativ xodimi, katta tergovchisi, so‘ngra boshliq yordamchisi lavozimlarida xizmat qilgan. 1941-yilda O‘zbekiston SSR IIXK maxsus bo‘limi tergov qismi boshlig‘i o‘rinbosari, maxsus bo‘limning maxsus nozirligi boshlig‘i, 1941-yilning oktabr oyidan 1943-yilning mart oyigacha Kavkazorti fronti tarkibidagi 4-gvardiya o‘qchilar brigadasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. 1943-yil 22-martda urushda halok bo‘lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni bilan taqdirlangan.