PETROV MIXAIL VASILYEVICH

      Katta leytenant Petrov Mixail Vasilyevich, 1914 yil noyabr kuni Voronej viloyati Ternov tumani Polyana qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, Ternov tumanidagi o‘rta maktabni tamomlagan.

        1941-yilning oktabr oyidan 1942-yilning yanvar oyigacha bo‘lgan davrda G‘arbiy front tarkibidagi 36-o‘qchilar brigadasining bo‘linma komandiri bo‘lgan. 1942-yilning avgust oyiga qadar G‘arbiy front tarkibidagi 5-armiya minomyotchilar rotasi komandiri, so‘ngra Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI