PETROV ALEKSANDR LVOVICH

       Kapitan Petrov Aleksandr Lvovich, 1906-yil 26- dekabrda Sizran shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, maktabning 3-sinfini tamomlagan.

      1941-yilning iyun-sentabr oylarida O‘zbekiston SSR IIXK bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, ma’muriy-ho‘jalik boshqarmasining komendanti sifatida xizmatni o‘tagan.

        1942 yil noyabr oyigacha 53-alohida O‘rta Osiyo armiyasining IIXK maxsus bo‘limi komendanti, 1942-yilning noyabr oyidan 1943-yilning yanvar oyigacha Stalingrad va Janubiy frontlar tarkibidagi 8-havo armiyasining IIXK maxsus bo‘limi komendanti lavozimlarida xizmat qilgan.
1943-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘rta Osiyo harbiy okrugining IIXK maxsus bo‘limi ixtiyorida, so‘ngra Stalingrad fronti tarkibidagi 11-axloq tuzatish batalonida bo‘lgan.