PEREVEDENSEV VIKTOR TIMOFEYEVICH
Kapitan Perevedensev Viktor Timofeyevich, 1924-yil 11-iyulda Penza viloyatining Lunin tumanidagi Novaya Kutlya qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1940-yilda Toshkent shahridagi 7-sonli o‘rta maktabni tamomlagan.
1941-yilning noyabr oyida Turkiston harbiy okrugining radiotexnika kursida ta’lim olish uchun o‘qishga kiradi. O‘qishni tamomlagandan so‘ng 1942-yilning fevral oyida Moskva harbiy okrugi 5-havo desanti korpusida radist, Don fronti tarkibidagi 10-havo desanti korpusi alohida minomyotchilar diviziyasining radisti etib tayinlandi.
1942-yilning iyul oyidan 1945-yilning may oyigacha 3-Ukraina va Janubiy-G‘arbiy frontlari tarkibidagi 117-gvardiya o‘qchilar polki batareyasi tasarrufidagi qurol-aslahalar komandiri sifatida xizmat qilgan. 1946-yil Nyurnbergda xalqaro tribunal qoshidagi bosh ayblovchining (qoralovchi) ad’yutanti, 1946-yilning oktabr oyidan 1947-yilning iyun oyigacha batareya qoshidagi 117-gvardiya o‘qchilar polkida qurol-aslaha komandiri bo‘lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil bayroq”, “II darajali Vatan urushi”, “II va III darajali Shon-sharaf” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil” medallari bilan taqdirlangan.