PENTIN ALEKSEY IVANOVICH
Kapitan Pentin Aleksey Ivanovich, 1913-yil 17-martda Kirov viloyatining Slobod tumani Xalenki qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1951-yilda marksizm va leninizm kechki universitetini tamomlagan.
1943-yilning sentabr oyidan 1944-yilning fevral oyigacha bo‘lgan davrda IIXK “VCh” hukumat aloqasi maxsus kurslari kursanti bo‘lgan. 1944-yil avgustgacha Leningrad fronti tarkibidagi IIXK “VCh” hukumat aloqasi bo‘limi texnigi, 1944-yilning avgust oyidan 1946-yilning iyun oyigacha 2-Boltiqbo‘yi fronti va Leningrad IIXK “VCh” hukumat aloqasi bo‘lim texnigi sifatida xizmat qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davri uchun “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.