OSIPOV GRIGORIY ALEKSANDROVICH
Mayor Osipov Grigoriy Aleksandrovich, 1919-yil 30-avgustda Oltoy o‘lkasining Maliy (Kichik) Beshalak qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1934-yilda to‘liqsiz o‘rta maktabni, 1962-yilda Tojikiston davlat universitetini tamomlagan.
1939-yilning noyabr oyidan 1941-yilning oktabr oyigacha polk maktabining kursanti, Baykalorti harbiy okrugi 82-artilleriya polkining 82-motoo‘qchilar diviziyasining qurol-aslaha komandiri bo‘lib xizmat qilgan.
1943-yil martgacha G‘arbiy front tarkibidagi 3-gvardiya motoo‘qchilar diviziyasining 51-gvardiya artilleriya polkida batareya starshinasi, 1943-yilning mart oyidan 1945-yilning aprel oyigacha G‘arbiy front tarkibidagi harbiy-siyosiy bilim yurti, Gorkiy nomidagi zenitli artilleriya bilim yurti va “SMERSH” kontrrazvedka Bosh boshqarmasining 1-Moskva maktabi kursanti bo‘lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun” “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.