OGOLSOV SERGEY IVANOVICH

        General-leytenant Ogolsov Sergey Ivanovich, 1900-yilda Ryazan viloyatining Sapojnikov tumani Kanino qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1927-yilda Moskva shahridagi Oliy chegarachilar maktabini tamomlagan.

         Davlat xavfsizligi organlaridagi xizmatini 1918-yildan boshlagan. 1939-yildan 1941-yilgacha IIXK Leningrad shahar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib xizmatni o‘tagan. 1941-1942-yillarda IIXK-DXXQ Leningrad viloyat  boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 1944-yilgacha IIXK-DXXQ Kuybishev viloyat boshqarmasi boshlig‘i, 1944-yildan 1945-yilgacha Qozog‘iston SSR IIXK, 1945-1946-yillarda DXQB Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida xizmat faoliyatini olib borgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I darajali Vatan urushi”, “Lenin” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“LENIN” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI