ODINSOV MARK ALEKSANDROVICH

        Polkovnik Odinsov Mark Aleksandrovich, 1922-yil 5-sentabrda Dogʻiston ASSRning Buynak shahrida tugʻilgan, millati rus, maʻlumoti oliy, 1940-yilda Rostov-Don shahridagi oʻrta maktabni, 1941-yilda Sevastopol zenit artilleriyasi bilim yurtini tamomlagan.

         Xizmatni 1941-yilning sentabr oyida Janubiy-Gʻarbiy front tarkibidagi 86-havo hujumiga qarshi mudofaa diviziyasi 143-alohida zenit artilleriyasi divizioninng batareya boshqaruvida vzvod komandiri lavozimida boshlagan, u erda 1946-yilning iyul oyiga qadar maxfiy qism ish yurituvchisi, shtab boshligʻi yordamchisi va batareya komandiri lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-yilning mart oyida frontga joʻnatiladi va Tuaps shahri mudofaasi uchun boʻlib oʻtgan janglarda qatnashadi.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI