NOVITSKIY VLADIMIR VASILEVICH

    

        Kapitan Novitskiy Vladimir Vasilyevich, 1920-yil 1-iyulda Grozniy viloyatining  Staropromislovsk tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta-texnik, 1940-yilda Leningrad aloqa texnikumini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yil iyunda G‘arbiy front tarkibidagi 188-zenit-artilleriya polki kursantlari batareyasining oddiy askar kursanti sifatida boshlagan. Shu yilning avgust oyidan oktabr oyigacha yarador bo‘lganligi sababli (Chkalov sh.) 3327-sonli evakuatsiya gospitaliga davolanish uchun yuborilgan. Salomatligini tiklagandan so‘ng Kuybishev viloyati 52-zaxiradagi artilleriya polkiga oddiy askar kursant bo‘lib tayinlanadi. 1942-yilning yanvar-noyabr oylarida G‘arbiy front tarkibidagi 371-o‘qchilar diviziyasining 1229-o‘qchilar polkida 1-o‘qchilar bataloni himoya qiluvchi otryad komandiri, katta kotibi, ad’yutanti lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-yilning noyabr oyidan dekabr oyigacha bo‘lgan davrda 1000-sonli evakuatsiya gospitalida (Moskova viloyati Zagorsk sh.) davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘i tiklanib, safga qaytgach, G‘arbiy front tarkibidagi 7-zaxiradagi artilleriya polki o‘quv-minometchilar diviziyasida bo‘linma kursant-komandiri bo‘lgan. 1943-yil iyun oyidan 1944-yil iyun oyigacha bo‘lgan davrda G‘arbiy front va 3-Belorus frontlari tarkibidagi 7-zaxiradagi artilleriya polki “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining operativ xodimi lavozimida xizmat qilgan. Navbatdagi jarohatdan keyin 1814-sonli evakuatsiya gospitaliga (Smolensk viloyati Yaroslavl sh.) yuboriladi. 1944-yilning avgust oyidan 1945-yilning sentabr oyigacha 2-Uzoq Sharq va 3-Belorus frontlari tarkibidagi 10-avtobrigadada “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi lavozimlarida xizmt qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi”, ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI