NOVITSKIY BORIS ANATOLEVICH
Polkovnik Novitskiy Boris Anatolyevich, 1925-yil 25-iyul kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1942-yilda Urganch shahridagi o‘rta maktabni, 1962-yilda Oliy partiya maktabini tamomlagan.
1943-yilning aprel oyidan avgust oyigacha O‘rta Osiyo harbiy okrugi Ashxabod piyoda askarlar bilim yurtining kursanti bo‘lgan. 1943-yilda o‘qishni tamomlagach 1-Ukraina fronti tarkibidagi 53-o‘qchilar diviziyasining 475-o‘qchilar polki o‘qchilar vzvodida komandir yordamchisi sifatida xizmatni o‘tagan. 1943-yilning oktabr oyida Dnepropetrovsk viloyati yaqinidagi jangda yaralanib, 1944-yilning aprel oyiga qadar (Orenburg sh.) 4409-sonli evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi”, “Qizil bayroq”, “Shon-sharaf belgisi”, “Xalqlar do‘stligi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Ulug‘ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.