MELNIKOV ALEKSEY MIXAYLOVICH

        Podpolkovnik Melnikov Aleksey Mixaylovich, 1918-yil 30-martda Orlov viloyatining Bolxov tumani Kishkino qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1939-yilda Oryol bronetankchilar bilim yurtini tamomlagan.

         1939-yilning fevral oyidan 1942-yilning oktabr oyiga qadar 1 va 5-Qizil Bayroq ordenli armiyaning 40-o‘qchilar diviziyasi (Voroshilov sh.) IIXK maxsus bo‘linmasi operativ xodimi, katta operativ xodimi lavozimlarida xizmat qiladi. 1943-yilning avgust oyiga qadar Uzoq Sharq fronti tarkibidagi 25-armiyaning 21-alohida o‘qchilar brigadasi IIXK maxsus bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat qiladi.

        1943-yilning avgust oyidan 1944-yilning sentabr oyigacha bo‘lgan davrda Uzoq Sharq fronti tarkibidagi 25-armiyadagi 88-o‘qchilar korpusi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i yordamchisi bo‘lgan. 1944-yilning sentabr oyidan 1945-yilning may oyiga qadar Belorus fronti tarkibidagi 1-Polsha armiyasi 1-sapyorlar brigadasining axborot bo‘limi boshlig‘i lavozimida harbiy xizmatni o‘tagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari hamda Polsha Respublikasining “Xizmatlari uchun kumush xochi” va “Vozrojdenie V klassa” mukofotlari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

POLSHANING “XIZMATLARI UCHUN KUMUSH XOCHI” MUKOFOTI

POLSHANING “VOZROJDENIE V KLASSA” MUKOFOTI