LOBANOV NIKOLAY STEOANOVICH
kichik serjant Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (24.03.1945)
1908-yil 24-yanvarda Saratov viloyatining Shiroko Karamishevskiy tumani Nevejkino qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Boshlang‘ich ta’limni olgan.
1942-yil maydan Qizil Armiyada, Toshkent viloyatining Chinoz tumani harbiy komissarligi tomonidan chaqirilgan.
9-gvardiya diviziyasi 28-gvardiya artilleriya polkida aravakash bo‘lgan, 1942-yil dekabrda yaralangan va “Jangovar xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan. 1944-yil yoziga kelib 11-gvardiya o‘qchi diviziyasi 15-alohida gvardiya muhandislik batalonida sapyori bo‘lgan. Shu bo‘limi tarkibida G‘alabacha jang qilgan.
1944-yil 23-iyunga o‘tar kechasi, Vitebsk viloyati Orsha shahridan 20 km shimoli-sharqda (Belorusiya) dushmanning sim to‘sig‘idan o‘tib, minalarni zararsialantirib dushman transheyasigacha emaklab boradi. O‘tish xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilib, o‘z joyiga qaytadi. Shu kuni ko‘prik qurilishida ishtirok etadi, dushmanning oloviga qaramay, ko‘prik o‘z vaqtida qurib bitkaziladi.
11-gvardiya o‘qchilari diviziyasining 1944-yil 26-iyundagi buyrug‘i bilan III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 27-iyunda dushman guruhi askarlari bilan to‘qnashuvda bir necha dushman askarlarini qo‘lga olishga yordam beradi. 1944-yil 1-iyulga o‘tar kechasi, batalyon tarkibida 50 kilometrlik yurishdan so‘ng, Veselovo sovhozi hududida (Minsk viloyati, Borisov shahridan 14,5 km shimoli-g‘arbda) Berezina daryosi va uning irmoqlari ustidan 3 ta o‘tish jo‘yini qurishda qatnashgan. Kun davomida, fidoyilik va chidamlilikni namoyish etib, tayanchlarni o‘rnatish ustida ishlaydi.
11-gvardiya armiyasi qo‘shinlarining 1944-yil 27-iyuldagi buyrug‘i bilan II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 15-oktabrga o‘tar kechasi betaraf hududda (Litva, Kibarti qishlog‘idan janubi-sharqda) chegera guruhi tarkibida 9 ta tankka qarshi va 6 piyodalarga qarshi minalar zararsizlantiradi, sim to‘siqdan o‘tish joylaini ochadi. O‘z pozitsiyasiga qaytayotganida, yarador safdoshini jang maydonidan olib chiqadi.
I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlanishga taqdim etilgan. 1945-yil 18-yanvardan boshlab hujum janglarida muhandis-razvedka vzvodi tarkibida jang qiladi, diviziyani oldinga harakatlanishida oldindagi yo‘llar, ko‘priklar va o‘tish joylarini to‘g‘risida aniq va tezkor ma’lumotlarni etkazib bergan. Dushman olovi ostida daryodan o‘tish joylarini ko‘rsatib bergan, o‘qchi qismlar tarkibida janglarda qatnashgan. II-darajali “Vatan urushi” ordeni bilan taqdirlangan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1954-yil 27-mayda fojiali ravishda vafot etgan. Ukrainaning Nikolaev viloyati Jovtnevy tumani Greigovo qishlog‘i qabristoniga dafn etilgan.