LEVKOVITSKIY STEPAN KARPOVICH

     

        Katta serjant Levkovitskiy Stepan Karpovich, 1919-yil 10-iyunda Oltoy o‘lkasi Pavlovka Novichixinskiy tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1935-yilda Pospelixinsk o‘rta maktabining 7-sinfini, 1938-yilda Olmaota shahridagi temir yo‘l bilim yurtini tamomlagan.

       Xizmatni 1939-yil sentabrda 8-alohida o‘quv tank bataloni haydovchiligidan boshlagan. 1941-yil iyundan boshlab, 1942-yil martga qadar Markaziy front tarkibidagi 4-motomexanizatsiyalashtirilgan diviziyasi 8-razvedka batalonida haydovchi-razvedkachi lavozimida xizmat qiladi. 1942-yil martda Markaziy frontning 61-armiyasi ko‘chma ta’mirlash bazasiga o‘tkazilgan. 1944-yil maydan 1945-yil sentyabrga qadar Kiev harbiy okrugi 224-alohida avtotransport bataloni shofyori bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI