KUZUBOV GRIGORIY NIKITOVICH

     

        Katta leytenant Kuzubov Grigoriy Nikitovich, 1924-yil 7-dekabrda Kursk viloyati Proxorovskiy tumani Radkovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1946-yilda Farg‘ona shahridagi o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1942-yil avgust oyidan 1943-yil yanvar oyigacha Xabarovsk minomyotchilar bilim yurti kursanti bo‘lgan. 1943-yil iyul oyigacha Stepnoy frontining 94-gvardiya o‘qchi diviziyasi 286-o‘qchi polki minomyotchilar komandiri. 1943-yil iyul oyidan sentyabr oyiga qadar 6300-sonli evakuatsiya gospitalida davolangan. Sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng 1-Ukraina frontining 107-o‘qchi diviziyasi 1032-artilleriya polki batareya komandiri etib tayinlangan. 1944-yil dekabr oyidan 1945-yil may oyiga qadar 1-Ukraina fronti kichik leytenantlar kursi kursanti bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI