KURISHEV ALEKSANDR VASILYEVICH
serjant Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (23.05.1945)
1925-yil 7-yanvarda hozirgi Saratov viloyati Rishchevo shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus.
Maktabni, Toshkent shahridagi Elektromexanika texnikumining 2-kursini tamomlagan. O‘ra-Tepa shahridagi (hozirgi Istaravshan, Sug‘d viloyati, Tojikiston) avtosozida ishlagan. 1942-yildan Qizil Armiyada.
1943-yil sentabrdan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi. Dnepr, Kirovograd, Uman-Botoshansk, Yassk-Kishinev, Debretsen, Budapesht, Bratislava-Brnovsk va Praj hujum operatsiyalarida qatnashgan. 1943-yil dekabr oyida hujum janglarda 307-gvardiya o‘qchi polkining 76 mm to‘pdan iborat batareya orudiya hisobida jang qilgan.
1943-yil 7-dekabrda, Kirovograd viloyati (hozirgi Ukraina) ning Znamenskiy tumanidagi Konstantinovka qishlog‘ida, dushmanning piyoda va tanklarinng qarshi hujumini qaytarishda, artilleriyachilar dushman tankini yakson qiladi. Ikkinchi qarshi hujumni qaytarishda 1 ta zirhli transport vositasini yo‘q qiladi, dushman ekipaji tomonidan tashlab ketilgan 2- zirhli transport vositasi qo‘lga kiritiladi.
1944-yil 15-yanvardagi 110- gvardiya o‘qchi diviziyasi qo‘mondoni buyrug‘i bilan III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil boshida shu divizionda 45-mm to‘p batareyasi orudiya komandiri etib tayinlanadi. 1944-yil 18-oktyabrda Debretsen hujumida, Uisentmargita aholi yashash punkti (hozirgi Balmazujvaroshskiy Yarash, Xaydu-Bihar okrugi, Vengriya) hududida dushmanning qarshi hujumini qaytarishda, hisob dushmanning 1 ta tank va 1 ta zirhli texnikasini, vzvodga teng piyodasini yo‘q qiladi. Polk komandiri A.V.Kuryshevga “Qizil Bayroq” ordeniga taqdim etadi.
1944-yil 30-noyabrdagi 53-armiya qo‘mondoni buyrug‘i bilan II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
Bratislava-Brnovsk hujumida o‘qchi bo‘linmalarining jangovar tartibida bo‘lib uning orudiyasi olov va manyovrni qo‘llab ularni qo‘llab-quvvatlagan.
1945-yil 25-martdan 13-aprelgacha bo‘lgan davrda artilleriyachilar Slovakiyaning Gron, Nitra va Vag daryolardan amalga oshirilgan kechuvni olov bilan pana qilib turgan. Janglarda hisob 1 ta zirhli transport vositasini, 7 ta o‘t ochish nuqtasini va vzvodga teng dushman shaxsiy tarkibini yo‘q qiladi. 1945-yil 13-aprelda Morava daryosidan o‘tib, Godonin shahri chetidagi (hozirgi Janubimorava o‘lkasi, Chexiya Respublikasi) janglarda artilleriya hisobi 2 o‘t ochish nuqtasini va 10 dan ortiq dushman askarlari yo‘q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Ikkinchi jahon urushining so‘nggi bosqichida fashist bosqinchilari bilan bo‘lgan janglarda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi uchun” I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 8-mayda Praja hujum operatsiyasida, Zastavka aholi yashash punkti (hozirgi Brno-Suburbs, Janubiy Moraviya viloyati, Chexiya) hududida dushmanning qarshi hujumida, o‘qchi bo‘linmalarning jangovar tizimiga orudiyani olib o‘tadi va dushmanni o‘qqa tutadi. Jangda 1 ta zirhli transport vositasini, 3 ta pulemyot nuqtasini va 8 ta nemis askarini yo‘q qiladi.
1948-yilda zahiraga bo‘shtiladi. Leninobod viloyatining O‘ra-Tepa shahrida (hozirgi Sug‘d viloyati Istaravshan, Tojikiston) yashagan.
1970-yil 2-oktabrda vafot etgan.